Saralash natijasida 15 ta badiiy fil`m milliy tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.  

Bular "Tutqunlik", “Meros”,  “Hayrat", “Maktab-hayotim", “Hayot afsunlari", “Men terrorchi emasman", “Bir kunlik to'y”, “Ayol qalbi”, “Kim deyay seni?”, “101-reys”,  “Samarqandda qovun tarovati”, “Baron-2” va “Parining sovg'asi” kabi fil`mlar bo'lib, ayni paytda mazkur kinokartinalar 5 kishidan iborat xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqilmoqda. 

Tanlovning xalqaro hakamlar hay'ati tarkibidan  Doktor Demi-Geroy, Gulbara Tolomushova, Sharofat Arabova, Olga Strada va Sevara Qodirova o'rin olgan.  

Bugun bo'lib o'tadigan XV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida milliy fil`mlar tanlovi sovrindorlari e'lon qilinadi. G'oliblar tanlovning "Eng yaxshi fil`m", "Eng yaxshi rejissyorlik ishi", Eng yaxshi aktyor" va "Eng yaxshi aktrisa" yo'nalishlari bo'yicha taqdirlanadilar.