Kinematografiya agentligi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Respublika hududi boʻylab taniqli kinoijodkorlardan iborat anʼanaviy kinokarvon safarlari boshlandi.

Mazkur tashabbus “Milliy kinematografiya – Yangi Oʻzbekiston timsoli” kino oyligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Kinokarvon safarlari davomida respublikaning koʻplab hududlaridagi kinoteatr va madaniyat markazlarida bepul filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar tashkil etiladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati