Bilimni baholash agentligining maʼlum qilishicha, test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar oʻz natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

  1. my.uzbmb.uz sayti orqali — “Natijani olish“ boʻlimidan talabaning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
  2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
  3. Agentlik Telegram botlari orqali — abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida koʻrsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda: @bmba_natija_bot, @bmba_natija_1bot, @bmba_natija_2bot;
  4. Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada koʻrsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).