Koʻrgazmada mahalliy va chet el nashriyotlaridan tashqari turkiy xalqlar tarixi va madaniyatini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha “TÜRKTAV” jamgʻarmasi Turkiston tarixi va madaniyatiga oid nodir fotosuratlar koʻrgazmasi va bir nechta ilmiy-maʼrifiy kitoblar toʻplami bilan qatnashdi.
Fotosuratlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlari Xiva, Buxoro va Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari, mahalliy aholining qiyofalari aks etadi. Kadrlarda xonliklar davridagi ijtimoy va madaniy hayot turli xil rakurslarda gavdalanadi. Tasvirlar Usmonli sultonlarining Usmonli davlati arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning raqamli nusxalari hisoblanib, ulardan 20 ga yaqin nusxasi jamgʻarma tomonidan Islom Sivilizatsiyasi markazi fondiga taqdim etildi.
Maʼlumot oʻrnida, “TÜRKTAV” jamgʻarmasi Islom Sivilizatsiyasi markazi bilan 2022-yildan buyon yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida 2022-yilning iyun oyida jamgʻarma bilan Markaz oʻrtasida Turkiyaning Istanbul shahrida “Oʻzbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” deb nomlangan fotokoʻrgazma oʻtkazildi. Shuningdek, “TÜRKTAV” jamgʻarmasi tomonidan markaz kutubxona fondiga shu vaqtga qadar 200 mingga yaqin noyob kitob va qoʻlyozmalarning elektron nusʼhasi topshirildi.