Xususan mazkur oylik munosabati bilan bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatiga tashrif buyurishdi. 

Har galgidek targʻibotchilarning ilk tadbiri “Kitob karvoni” loyihasi boʻldi. Undan 3 mingdan ortiq kitoblar joy olgan boʻlib, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi. 

Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov andijonlik yoshlarning bilimga chanqoq ekanligini taʼkidladi. 

“Bu viloyatdan taniqli shoirlar, mutafakkirlar, olimlar yetishib chiqqan va yetishib chiqmoqda. Bilasizlarmi, biz oʻzbekistonlikmiz. Andijonlik, navoiylik, toshkentlik deb ajratish notoʻgʻri deb oʻylayman. Ammo har bir viloyat aholisining oʻziga xos ajralib turadigan jihati bor. 

Masalan Andijon azaldan maʼrifat oʻchogʻi hisoblanadi. Shu bois biz ham quruq kelmadik. “Kitob karvoni”mizdan 3 mingdan ortiq kitoblar oʻrin olgan. Ularni yoshlar talashib oʻqishiga ishonaman. 

Aslida ham kitob chang bosib yotishi emas, qoʻlma-qoʻl boʻlishi kerak. Shunda shu yerdagi insonlarning savodxonligi, maʼrifatliligi koʻrinadi”, dedi u.