Qaror bilan Kitob geologiya milliy tabiat bogʻiga qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari roʻyxati tasdiqlandi.

Shunga koʻra, geologiya tabiat bogʻiga jami 3 938 gektar (shundan qoʻriqxona hududi – 2 221, rekreatsiya hududi – 400, xoʻjalik maqsadida foydalanish hududi – 1 317 gektar) yer maydonlari ajratiladi.

Qaror bilan Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish hamda kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmogʻiga kiritish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi Prezidentning PQ–4766-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.