Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda shahar va tumanlardagi axborot resurs markazlarining kutubxona fondi uchun bir yarim milliard soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, 55 ming dona qoraqalpoq tilidagi kitoblar chop etildi, 26 ming donadan ziyod oʻzbek tilidagi badiiy kitoblar sotib olindi.

Yurtimizda Prezidentimiz tomonidan yosh avlodning har tomonlama komil insonlar boʻlib yetishishini taʼminlash, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan bir qator qaror va farmonlarning qabul qilinganligi, mamlakatimizda joriy qilingan 5 muhim tashabbusning biri — kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha bir qator ishlarning amalga oshirilayotgani, kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida kitob yarmarkalari, tanlovlar muntazam tashkil etilayotgani bu borada katta ahamiyat kasb etmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining kutubxona fondlarini badiiy kitoblar bilan taʼminlash maqsadida ularga mablagʻ ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Shu yilning 7-sentyabr kuni badiiy kitoblar yuklangan kitob karvonlari oʻz manzillariga qarab yoʻl oldi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri