Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, hududda turistik manzilgohlar soni ham ortadi. Jumladan, zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratiladi.

— Hudud ob-havosi va tabiati yoʻlovchilarni doim xushnud etib kelgan, — dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov. — Ammo, biz Prezidetimiz yaratib bergan imkoniyatdan foydalanib, tabiat goʻzalligini asrab qolgan holda bu manzilgohni turizm manzilgohiga aylantirsak, aholimiz va mehmonlar uchun ham katta ish qilgan boʻlamiz. Chunki, buning natijasida birgina Qaynar qishlogʻida 1500 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi.