U 2020 yil 10 aprel` kuni Qozog'iston Respublikasiga ketgan. Joriy yil 9 may kuni yurtimizga qaytib kelgan va Toshkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. 10 may kuni esa YAkkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo'limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

O'tkazilgan diagnostik taxlillardan so'ng bemorda “Covid-19” infektsiyasi aniqlanmagan. Bundan avval  u jigar tsirrozi tashxisi bilan davolangan.

SHu yilning 29 may kuni  Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo'limiga olib kelingan. Koronavirus infektsiyasiga olingan taxlil unda gumon natijani qayd etgani bois surtma namunalari 31 may kuni o'rnatilgan tartibga ko'ra, maxsus laboratoriyaga yuborilgan. SHu kuni u o'tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Koronavirusga gumonlangan marhum bilan muloqotda bo'lgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida statsionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi to'liq karantinga yopilgan.

SHu yilning 31 may kuni yuborilgan surtma namunalarini takror tekshiruv natijalariga ko'ra,  marhum bemorda koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi. Demak, bir oy ichida o'tkazilgan  ikkinchi bor diagnostik taxlil ham N.O. “Covid-19” infektsiyasiga chalinmaganligini ko'rsatgan. U yondosh kasalliklar tufayli vafot etganligi ma'lum bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, qat'iy sanitariya qoidalariga ko'ra, karantinga olingan fuqarolar ma'lum muddat tibbiy kuzatuvda bo'lishadi.

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.