Qashqadaryo viloyatidagi “Naxshab Tex Group” paxta-to'qimachilik klasteri Kasbi tumanida 150 ta fermer xo'jaligi bilan hamkorlik qilib keladi. 2022-yilda fermerlar fyuchers shartnomasi asosida 11,5 ming tonna o'rniga 15,4 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirib, rejani ortig'i bilan bajardi.

Klaster rahbari ijobiy natijaga erishilishida munosib hissa qo'shgan ilg'or fermerlarni munosib rag'batlantirdi. Ya'ni paxtadan yuqori hosil olgan 24 nafar fermer maroqli dam olishi uchun Misr davlatining “Sharm ash-Shayx” dam olish maskaniga jo'natildi.

Ma'lumot uchun, “Sulton” brendi bilan tanilgan mazkur klaster tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, uni chuqur qayta ishlashning barcha bosqichini qamrab olgan qiymati 87,3 million dollarlik 15 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Klasterda eksport hajmi yil yakunigacha 40 million dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan.