Xorazmda “Yangiariq Tex MCHJ” klasteri tomonidan tashkil etilgan “Ko'hna diyor tex” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ochilgan yangi tikuvchilik sexi tumandagi 39 mahalladan tanlab olingan, kasb mahoratini egallagan, o'z uyida shu faoliyat bilan yakka tartibda shug'ullanib kelayotgan yuz nafar xotin-qizni ishga qabul qildi.
Zamonaviy tikuv dastgohlariga ega tikuvchilik texida barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bu yerda buyurtma asosida 50 dan ortiq turdagi erkaklar va ayollar kiyim-kechaklari va ro'zg'or uchun zarur ashyolar tikiladi.