2024-yilgi paxta va gʻalla hosili uchun byudjetdan 10 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi.
Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi.
Lekin 2024-yil paxtasini sotish boʻyicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning maʼlum qismi kreditlarni haligacha olmagan.
Sababi, ayrim banklar “resurs yoʻq, garov taʼminoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablagʻni bermayapti.
Sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi.
Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali toʻliq toʻlanmagan.
Yangi tizimga koʻra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.
Maʼlumotni elektron platformaga toʻliq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit koʻpi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi taʼkidlandi.