Arxeologlar qachonlardan buyon mashhur malika Kleopatraning qabrini muvaffaqiyatsiz qidirib kelishadi. Ammo uning o'rniga Misr qa'rida mutlaqo boshqa topilmalarga duch kelishyapti. To'g'ri, bu topilmalar ham malika tobutidan kam qiziqarli emas.

 Bu safar tarixchilar Taposiris Magna shahri er ostida 13 metr chuqurlikda g'alati tunnelni aniqlashdi. Uning uzunligi salkam bir yarim kilometr, shifti balandligi ikki metr. Ichkarisida Kleopatra va Aleksandr Makedonskiy qiyofalari va ismlari o'yilgan tangalar topildi.

Bundan tashqari, Kleopatra xukmronligi paytida alohida sig'inilgan ma'buda Iseda haykalchasi ham bor edi. ehtimol, o'sha tunnel Kleopatra dafnasiga olib borar. Afsuski, uning katta qismi erosti suvi tagida qolgan. Hozirda suvni chiqarib tashlash ishlari qilinyapti.