Onlayn sessiyada Rossiya Federatsiyasi va yurtimiz tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot markazlari va jarrohlik, onkologiya, pediatriya, terapiya, nevrologiya, infeksionist, quloq- tomoq, reabilitologiya kabi yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Maʼruza va mahorat darslarida klinik va eksperimental tibbiyotda limfologiyaning ilmiy-amaliy ahamiyati, fundamental va amaliy limfologiyada qoʻlga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolish, tibbiyot institutlarida limfologiyani va oliy taʼlimdan keyingi tibbiy taʼlimda klinik limfologiyani dastur asosida oʻqitish, limfologiya yoʻnalishida yosh olimlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, klinik limfologiya milliy maktabini tashkil etish masalalari yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi. Takliflar sessiya qoʻshma rezolyutsiyasiga kiritildi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.