Mazkur davlat tizimi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq klinik protokollarni ishlab chiqarish boʻyicha birgalikda ish olib borilyapti. Klinik protokollar, oldinda turgan shifokorlarni litsenziyalash va boshqa komponentlar sugʻurtali tibbiyotning asosida yotadi. Bunday keng miqyosdagi ishni amalga oshirishda samarali yordamni tajribali xalqaro ekspertlar koʻrsata olishlari mumkin edi.

Oʻz oʻrnida GIZning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka Germaniyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha jamiyati mamlakatni yana-da rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga, jumladan ekspertlarni taqdim etish yoʻli bilan ham tayyor ekanligini taʼkidladi.

Oʻzbekistonga bunday ekspertlarning kelishi va bu yerda ishlashi bilan bogʻliq xarajatlarning katta qismini Germaniyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha jamiyati oʻziga olishini inobatga olib, bunday grantli koʻmakning muhimligini isbotlash zarur. Bunday grantni qoʻlga kiritib, Milliy palata klinik protokollarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tezlashtirishni rejalashtiryapti. Zamonaviy klinik protokollarni tezroq ishlab chiqish va qabul qilish Oʻzbekiston aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatni yangi sifat darajasiga koʻtarish imkonini beradi.

Bunday yondashuvni GIZ vakillari toʻliq toʻgʻri tushundilar. Bundan tashqari Oʻzbekistonda GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar orasida aynan mavjud uslublarni, tibbiyot sohasidagi oʻquv qoʻllanmalarini oʻzgartirishni maqsad qilganlari ham bor. Bunday ish bolalar jarrohligida, ginekologiyada, urologiyada va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllaniladigan minimal invaziv muolajalar yoʻnalishida amalga oshiriladi.

Yaqinda oʻtkazilgan onlayn muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi uchun zamonaviy klinik protokollarni amalga oshirish maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash boʻyicha kelishishga muvaffaq boʻldilar, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.