Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq bo'limi Vulkanologiya va seysmologiya institutining Kamchatka vulqon otilishiga qarshi kurashish guruhi xabarida aytiladi.

Mutaxassislarning fikricha, kul sharqqa yoyilmoqda. Uzunligi 40 kilometrdan oshadi. Bundan tashqari, lava kraterda 300 metr balandlikgacha fontan tarzida otilishda davom etmoqda. Lava oqimi Apaxonchichskiy chuqurligi bo'ylab pastga tushmoqda. Xavfning “to'q sariq” darajasi e'lon qilindi. Kulning chiqishi har qanday vaqtda sodir bo'lishi va samolyotlarga xavf solishi mumkin.

Klyuchevskoy vulqoni o'tgan safar 2020-yilning kuzidan 2021-yilning avgustigacha faollashgan edi. U dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi, deb xabar beradi mir24.tv.