Boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Pop tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tuman hududida harakatlangan fuqaro M.T. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 130 million soʻmlik, sifati kafolatlanmagan dori-darmonlar hamda gigiyenik vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.