Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, belgilangan bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik holatlarini oldini olish maqsadida bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, toʻxtatildi va oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina salonida qoʻlbola yasalgan xufya joylarda xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 15 million soʻmlik 120 dona yoqilgʻi moylash mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.