Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi ko'chalar 618,4 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi.
Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 % ga yoki 55,7 mingtaga oshgan.
Ko'chalari eng ko'p yoritish uskunalari yordamida yoritiladigan hududlar:
Toshkent shahri 143,5 ming dona
Farg'ona viloyati 61,2 ming dona
Namangan viloyati 52,3 ming dona
Andijon viloyati 48,5 ming dona