Robot-mashina barcha ob-havo sharoitida, kunning har qanday qismida beʼmalol harakatlanib, unga yuklatilgan vazifani sifatli bajaradi. Mashina soatiga 2-6 tezlikda harakatlana oladi.
U dizel yonilgʻisida harakatlanadigan shu toifadagi mashinalarga qaraganda ancha tejamkor boʻlib, koʻchalarni chiqindilardan tozalash uchun atigi 6-10 kilovatt quvvat sarflaydi, xolos.
Robot-mashina 45-90 kilovatt-soat quvvatga ega batareyalar bilan taʼminlangan. Bu unga uzluksiz 4-8 soat harakatlanish imkonini beradi.
“Trombia Free”ni 2022-yilning birinchi choragidan boshlab ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilgan.