Qarorga muvofiq, koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi oʻzgartirildi.
Jumladan, koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmati uchun undiriladigan yigʻim miqdori yangilandi.
Bunda koʻchmas mulkning umumiy maydoniga qarab quyidagi narxlar belgilandi:
- 100 kv metrgacha – BHMning 1 baravari (ilgari mazkur narx BHMning 1,25 baravari miqdorida boʻlgan)
- 100 kv metrdan 1000 kv metrgacha – obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi (ilgari obyektning 1 kv metr maydoni uchun BHMning 1 foizi, 25 foizga koʻpaytirilgan holda hisoblangan).
- 1000 kv metrdan 5000 kvadrat metrgacha – BHMning 17,25 baravari (ilgari BHMning 15 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda hisoblangan).
- 5 ming kv metrdan 15 ming kvadrat metrgacha – BHMning 34,5 baravari (ilgari BHMning 30 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda hisoblangan)
- 15 ming kv metrdan 50 ming kvadrat metrgacha – BHMning 57,5 baravari (ilgari BHMning 50 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda hisoblangan).
- 50 ming kv metrdan ortiq boʻlgan – BHMning 80,5 baravari (ilgari BHMning 70 baravari, 25 foizga koʻpaytirilgan holda hisoblangan).