Mirshakar Toʻraboyev 1982-yilda Peshku tumanida tugʻilgan. 2023-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi — moliya va iqtisodiyot.

Mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya boʻlimi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan.

Ayni paytga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz. Kogon shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Hayot Hasanovich Davlatov biroz oldin Peshku tumani hokimi etib tayinlandi.