UYEFA ijroiya qoʻmitasi Yevropada qitʼa va jahon chempionatlari saralash bosqichi tartibiga oʻzgartirishlar kiritishga qaror qildi.

Endi saralashda 4 yoki 5ta jamoadan iborat 12ta guruh boʻladi. Guruhlar gʻolibi jahon va qitʼa chempionatiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqadi. Ikkinchi oʻrinni olganlar avtomatik tarzda asosiy bosqichga yoʻl oladi yoki Millatlar Ligasidagi natijalariga koʻra Yevropa chempionati yoʻllanmasiga davogar jamoalar bilan birga pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Oʻzgarishlar JCH-2026 saralash bosqichidan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, shu paytga qadar saralash bosqichi guruhlarida 5-6 tadan jamoa qatnashardi.