Bugungi kunda Xiva shahrida mazkur xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik ishlari avjida.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazm viloyatiga xizmat safarining ilk soatlaridanoq Xalqaro forum doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni koʻzdan kechirdi.
“Joriy yilning sentyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur forumdan kutilayotgan natijalarimiz katta. Uni yuqori saviyada oʻtkazish xalqaro hamjamiyatga Oʻzbekistonda Uchinchi renessans — uygʻonish davri boshlanayotgani namoyon etadi, shuningdek, qadimiy Xiva shahri turizm brendini yana-da rivojlantirishga hamda turistik oqimning koʻpayishiga xizmat qiladi. Shu boisdan biz masʼuliyatni his qilgan holda tayyorgarlik ishlarida xatolarga yoʻl qoʻymasligimiz lozim” - dedi O.Nazarbekov mutasaddi tashkilot vakillari bilan muloqot chogʻida.