Joriy yil 12-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti” dasturi doirasida 12-30-iyul kunlariga moʻljallangan “Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish” oʻquv kurslari boshlandi.

Mazkur oʻquv kurslari 2021-2023-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, har 3 yil davomida maktabgacha taʼlim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunyang Universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi) suhbat asosida tanlab olindi. Oʻquv kursi maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni va oʻquv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Epidemiologik vaziyat tufayli oʻquv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.