Koʻk choy Alsgeymer va demensiya kasalliklaridan himoya qilishi mumkin — Tadqiqot

    “Phytomedicine” akademik jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, asl koʻk choy tanani saraton kasalligidan himoya qilishda muhim rol oʻynashi mumkin.

    Angliyaning Nyukasl universiteti olimlari tomonidan olib borilgan soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, koʻk choyni muntazam ichish Alsgeymer kasalligi va demensiyaning boshqa shakllaridan himoya qilishi mumkin.

    “Phytomedicine” akademik jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, asl koʻk choy tanani saraton kasalligidan himoya qilishda muhim rol oʻynashi mumkin.

    Koʻk choy tarkibidagi antioksidantlar qarishga qarshi taʼsirga ega boʻlib, terining goʻzalligi va navqironligini taʼminlashi mumkin.

    Yana bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, koʻk choy ekstrakti boʻlgan preparatlar teri tuzilishini yaxshilaydi va mayda ajinlar paydo boʻlishini kamaytiradi.

    Shuningdek, koʻk choy stress va xavotirga qarshi kurashda ham samarali. Misol uchun, asabiy holatni bartaraf etishga yordam beradigan aminokislota boʻlmish L-teanin tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

    Qolaversa, avvalgi tadqiqotlarda koʻk choyni muntazam ichadigan keksa odamlarda kognitiv funksiya pasayishi kamroq ekani aniqlangan.

    Koʻk choy ekstraktidagi flavonoidlar miyadagi dofamin va serotonin darajasini oshirishga yordam berishi haqida dalillar ham mavjud.

    Bundan tashqari, koʻk choy ekstrakti 24 soat ichida metabolizm tezligini 4 foizga, yogʻlar oksidlanishini 17 foizga va insulinga sezgirlikni 13 foizga oshirishi mumkin.