Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida tarvuz pishdi. Bu haqda Koʻkdala tumani matbuot xizmati xabar berdi.
Tarvuzning ramziy vatani hisoblangan Koʻkdala tumanida bu yil rekord yangilandi.
Tumanda oʻtgan yillar tarvuz 17-aprelda yetishtirilgan boʻlsa, bu gal rekord yanada muddatidan avvalroq oʻrnatildi.
Tarvuz yetishtirgan dehqon Solih Jumanazarov bu hosil shunchaki tajriba sifatida bir nechta dona yetishtirilganini, ommaviy sotish va bozorga hosil yetkazish uchun qolgan tarvuzlar pishib, yetilishiga taxminan 15 kunlar muddat borligini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun ushbu tumanda 20 ming gektardan ortiq maydonga tarvuz ekilgan.