Qoʻmita homiyligida Qashqadaryo viloyatining yangi tashkil etilgan Koʻkdala tumanidagi 219-maktabda 240 oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha maktab binosini qurilish ishlari boshlab yuborildi.
“Qumdaryo” mahallasidagi mazkur maktabda 176 nafar oʻquvchiga moʻljallangan oʻquv bloki mavjud boʻlib, oʻquvchilar soni koʻpligi, sinfxonalar yetishmasligi qator noqulaylik tugʻdirib kelgan.
Yangi bino qurilishi natijasida bu muammolar hal etilib, oʻquvchilar yangi oʻquv yilidan yangi maktab binosida oʻqishini davom ettiradi, deya xabar bermoqda Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati.