Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, Toʻlov miqdori professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida oshirlmadi.
Maʼlumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 15 815 nafar oʻquvchi davlat granti asosida qabul qilindi.
Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.