2022-2023-oʻquv yili uchun professional taʼlim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3-oktyabrdan 8-oktyabrga qadar 2 smenada oʻtkaziladi. Bunda test sinovlari:

1 smenada 09:00 dan 12:00 gacha;
2 smenada 14:30 dan 17:30 gacha boʻlib oʻtadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fandan oʻtkaziladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar:
— ona tili;
— matematika;
— Oʻzbekiston tarixi.

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirigʻi beriladi.

Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ball boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun:

— 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
— 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
— majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar ruxsatnomani DTMning my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.