Qaror bilan 2021-2027 yillarda ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta'mirlash va yangilash dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning zamonaviy uslublarini joriy qilish;
- ko‘p kvartirali uylarda joy mulkdorlarining qulay va xavfsiz yashashi, favkulodda vaziyatlarning oldi olinishi va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- lift uskunalarining texnik va avariya xolatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi zamonaviy raqamli elektron dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Dasturni amalga oshirishda O‘zbekistan Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylar, issiklik ta'minoti ob'ektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmachi etib belgilandi. Bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tender yoki tanlov savdolari asosida aniqlaydi.
Qaror bilan shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, respublikadagi sohaga oid mavjud o‘rta-maxsus ta'lim bo‘g'inida faoliyat yurituvchi kollejlarda lift uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar tayyorlanib, tegishli ta'lim yo‘nalishlari tashkil etiladi. “Ta'mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining lift uskunalariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilib, ularni tegishli mutaxassislikka ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, o‘kitish va qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan.