Juma kuni sodir bo'lgan ko'chki Kibdo-Medelin trassasida tirbandlikka sabab bo'ldi. Avvalroq 33 kishi halok bo'lgani va 20 kishi jabrlangani xabar qilingan edi. Hududda gubernator boshchiligida tezkor shtab tashkil etilib, qidiruv ishlari davom etmoqda.

“Yana uch kishining jasadi topildi”, dedi departament gubernatori Karolina Kordoba-Kuri. Uning murojaati aks etgan video X ijtimoiy tarmog'idagi mahalliy hukumat sahifasida e'lon qilingan.

Xabarda qayd etilganidek, qurbonlar soni 36 nafarga yetdi, deb xabar beradi ria.ru.