Kolumbiyada maktab avtobusi jarlikka tushib ketdi, 16 kishi halok bo'ldi

    Kolumbiyaning shimoli-g'arbiy qismidagi Antiokiya departamentida maktab avtobusi halokatga uchradi, 16 kishi hayotdan ko'z yumdi va 20 kishi jarohat oldi.

    Bu haqda mahalliy El Tiempo gazetasi xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, o'rta maktab bitiruvchilari guruhini olib ketayotgan avtobus noma'lum sababga ko'ra yo'ldan chiqib, Remedios munitsipalitetida jarlikka qulab tushgan. Hodisa oqibatida kamida 16 kishi halok bo'ldi va 20 kishi jarohat oldi.

    Milliy yo'l harakati xavfsizligi agentligi halokat holatlarini tekshirmoqda, deb xabar berdi report.az.

    “Hozirda vakolatli organlar halokat sabablarini aniqlash uchun tergov olib bormoqda”, deyiladi agentlik bayonotida.