Kolumbiyada o'n minglab qadimiy qoyatosh rasmlari topildi

    Kolumbiyada britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan topilgan o'n minglab qoyatosh rasmlari Amazoniya tub aholisi turmush tarzi va tarixini yaxshiroq tushunishga yordam berdi.

    Chizmalardan ba'zilarining yoshi, mutaxassislarning fikriga ko'ra, 11 ming yilga yetgan. Ular yuzlab odam shakllai, shuningdek, turli hayvonlar, o'simliklar va geometrik belgilarning butun ekotizimini o'z ichiga oladi.

    Ko'pgina Amazoniya madaniyatlarida yovvoyi tabiatni himoya qiladigan o'rmon ruhlari haqida afsonalar mavjud. Muvaffaqiyatli ov qilish uchun bu ruhlarni tinchlantirish kerak edi. Olimlar shunday xulosaga keldilarki, aborigenlar o'zlariga kerak bo'lgan jonivorni toshga chizib, keyin boshqa belgilarni – masalan, unumdorlik bilan bog'liq belgilarni qo'shishgan, deb xabar beradi mir24.tv.

    Tadqiqotchilar o'z tadqiqotlarida shu yerning keksalari bilan hamkorlik qilganliklarini ta'kidlashdi. Bu ularga qoyatosh rasmlari ma'nosini yaxshiroq tushunishga yordam berdi.