Shahar meri Ernesto Orosko Duran samolyot halokatga uchraganini tasdiqlab, qurbonlar soniga aniqlik kiritmadi.
El Tiempo xabariga ko'ra, 11 yoshli bolani davolash uchun Bogotaga olib ketishi kerak bo'lgan samolyot bortida olti kishi bo'lgan. Bolaga hamrohlik qilayotgan shifokorlardan biri hodisa qurboniga aylandi. Omon qolganlar kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi tass.ru.
Samolyot halokati sabablari hozircha aniqlanmagan. Rasmiylarga ko'ra, uchuvchi muammolar haqida xabar berib, aeroportga qaytishga uringan.