Ertasi kuni Szyan Chennan o'ziga kelib, qarindoshlari bilan videoaloqa orqali suhbatlashdi.

Qiz 11-iyul kuni harorati ko'tarilib, ko'kragida siqilish hissi paydo bo'lganligi sababli shifokorlarga murojaat qilgan. Kirish imtihonini topshirib, shifokorlar oldiga kelgan. Ma'lum bo'lishicha, u yurakning yallig'lanishi – fulminant miokardit bilan kasallangan. Bunday tashxis ko'pincha o'limga olib keladi, kasallikning asosiy sabablari virusli infeksiyalar, stress va nosog'lom turmush tarzi hisoblanadi, aynan bu holatda bunga nima sabab bo'lgani aniqlanmadi. Abiturient komaga tushganidan so'ng, uning hayotini yurak-o'pka apparati vositasida saqlab qolishga erishildi, deb xabar beradi rbc.ru.

Shifokorlarning qayd etishicha, qizning yurak faoliyati to'liq tiklangan, ayni paytda uning “uyg'onishi”ning aniq sababi noma'lumligicha qolmoqda.

Nashrning qo'shimcha qilishicha, Szyan Chennanning oilasi 2023-yilda otasi baxtsiz hodisaga uchrab, qarzga botganidan keyin moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Onasi hech bo'lmaganda pul topish uchun ko'cha ovqatlarini sotishga majbur. “Pul bilan bog'liq qanday muammolarimiz bo'lmasin, uni universitetga o'qishga yuboraman, chunki bu uning orzusi”, dedi qizning otasi.