Qayd etilishicha, Milliy tibbiyot markazi shifokorlari, jumladan, tajribali transplantolog Jasur Sobirov boshchiligidagi jamoa bemorni toʻliq tekshiruvdan oʻtkazib, unga jigar transplantatsiyasi zarurligi haqida qaror qabul qilgan. Biroq operatsiyaga tayyorgarlik jarayonida bemorning ahvoli keskin yomonlashib, ensefalopatiya sababli koma holatiga tushib qolgan.
Bunday hollarda jarrohlik amaliyoti oʻta xavfli hisoblanadi. Bir necha soat davom etgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilgan va bemorning hayoti saqlab qolingan. Bemor bir sutka ichida ongiga qaytgan va oʻzini ancha yaxshi his qila boshlagan.
Bemorning 25 yoshli qizi onasi uchun donorlik qilgan.