Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 291,7 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan koʻmir ishlab chiqarish hajmi 782,1 ming tonnaga oshgan yoki oʻsish surʼati 151,8 foizni tashkil etgan.
Koʻmir ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 287,7 ming tonna (oʻsish surʼati 74,7 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 601,5 ming tonna (86,3 foiz);
- yanvar-mart oylarida 985,0 ming tonna (93,7 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 1 444,5 ming tonna (118,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 1 854,0 ming tonna (135,7 foiz)ni tashkil etgan.