Kongo Demokratik Respublikasida paromning ag'darilib ketishi oqibatida 38 kishi halok bo'ldi

    Kongo Demokratik Respublikasi shimoli-sharqida paromning ag'darilib ketishi oqibatida kamida 38 kishi halok bo'ldi, 100 kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Janubiy Afrikaning SABC radiostansiyasi ma'lum qildi.

    Mazkur manba 20 kishining hayotini saqlab qolishga erishilgani, Busira daryosida sodir bo'lgan kema halokati qurbonlari soni sezilarli darajada oshishi mumkinligini ham qo'shimcha qildi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, parom bortida 400 nafardan ortiq odam bo'lgan. Ularning asosiy qismi Rojdestvoni nishonlash uchun uyga qaytgan odamlardan iborat.

    Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylarning fikricha, paromning ag'darilishiga bortda juda ko'p odam bo'lganligi sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.