— Koʻrik-tanlovda oʻquvchi-yoshlar, asosan, ikki yoʻnalishda — bola huquqlari hamda “Konstitutsiyaviy islohotlar — yoshlar nigohida” deb nomlangan mavzuda ijodiy ishlari, jumladan, rasmlari bilan ishtirok etadi, — deydi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Sevara Mahmudova. — Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, yot gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat. Koʻrik-tanlov jarayonida bolalar oʻz haq-huquq va erkinliklarini hamda Asosiy qomusimizni qay darajada bilishini namoyon etadi, bu boradagi bilimini mustahkamlaydi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblari Bosh prokuratura hamda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.