Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari — O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Shuxrat Uzakov, Harbiy prokuratura mas'ul xodimlari, O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi raisi Tal'at Murodov, Akademiyaning professor-o'qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar, Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirni Akademiya boshlig'i general Qobul Berdiyev ochib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlarning uzviy davomi sifatida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon sifatida e'tirof etilgani va yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinligi, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanganini hamda yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berganini alohida ta'kidladi.
Tadbir davomida Akademiyaning barcha kursantlaridan iborat turli jamoalar o'rtasidagi “Breyn-ring” huquqiy bellashuvi o'tkazildi. 1-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Qonun posbonlari”, 2-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Adolat”, 3-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Liderado”, 4-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Demokratlar”, 5-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Huquqshunoslar” jamoalari o'rtasida huquqiy bellashuv o'tkazildi. “Tezkor savol-javob”, “Kazus” hamda “Sardorlar musobaqasi” shartlari bo'yicha bo'lib o'tgan huquqiy savodxonlik bellashuvi belgilangan mezonlar asosida hakamalar hay'ati tomonidan baholab borildi. Bellashuvning yakuniy natijasiga ko'ra, 5-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Huquqshunoslar” jamoasi mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan g'olib jamoalar diplom va tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Farhodjon Xojayev,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta o'qituvchisi, kapitan.