Shu sababli koʻpchilikda bayram arafasida dam olish kunlari qanday boʻlishi toʻgʻrisida ayrim savollar yuzaga kelmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Konstitutsiya qabul qilingan kun arafasida xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni belgilanmagan.
Bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
5-dekabr, shanba - haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
6-dekabr, yakshanba - barchaga dam olish kuni;
7-dekabr, dushanba - barchaga ish kuni;
8-dekabr, seshanba - barchaga dam olish kuni;
9-dekabr, chorshanba - barchaga ish kuni.