Mazkur tanlovda respublikamizning barcha viloyatlaridan 18 yoshgacha boʻlgan koʻplab isteʼdodli yoshlar ishtirok etdi.

Har bir viloyatdan Konstitutsiyamizning 128 ta moddasi va bitta muqaddimasi boʻyicha eng munosib rasmlar respublika bosqichiga tavsiya etildi.

Kelgan rasmlardan tanlov talablariga munosiblari saralab olindi va “Konstitutsiya ranglar jilosida” nomli kitobga kiritildi.

Koʻrgazmaga qoʻyilgan rasmlar nafaqat yoshlar, balki boshqa turli yoshdagi turli kasb mutaxassislarida ham katta tassurot qoldirdi.

Oʻz navbatida gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Hasan Abdunazarov