Unda Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining Konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki muhokama qilindi.

Davra suhbatida soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlari va OAVning rolini oshirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagilariga zamon talablariga mos ravishda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Bosh Qomusimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka moslashtirish davr taqozosi ekanligi, unda olib borilayotgan izchil islohotlarni aks ettirish borasida boshlangan tarixiy ishlar alohida aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, xususan, adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi ulugʻvor maqsadlar bu borada zarur huquqiy asosni taʼminlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga qoʻymoqda.

Davra suhbatida Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan Konstitutsiyani takomillashtirish boʻyicha bir qator fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlanib, takliflar ilgari surildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.