Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1-avgustgacha uzaytirish bilan bogʻliq qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanishicha, umumxalq muhokamasi davrida xalqimizdan 85 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Takliflar soni koʻpligi avvalo xalqimizning huquqiy madaniyati yuksalib borayotganligidan dalolat ekanligi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha kelib tushayotgan takliflarning tahlili umumxalq muhokamasining muddatini uzaytirishni taqozo etmoqda.