Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi

    Mamlakatimizda 13 Yanvar 2024 1734

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-895-son, 12.01.2024-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.

    Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

    Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5-yilga, ikkinchi marta 10-yilga saylangan).

    Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.