Profilaktika tadbiri davomida tadbirkorlar Agentlik tomonidan tuzilgan kontrafakt alkogol mahsulotlar katalogi bilan tanishtirildi hamda ularga kontrafakt mahsulotlarni sotish qonunga xilof ekanligi va tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqidagi ogohnomalar berildi.
Kuzatuv tadbirida kontrafakt mahsulotlar aniqlanib, ularni savdoga taklif qilayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga kontrafakt mahsulot savdosi bilan shug'ullanish ma'muriy javobgarlik belgilangani haqida ogohnomalar kiritildi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.