Pandemiya munosabati bilan joriy yilning mart oyida yurtimizda kontsert dasturlari, teatrlar faoliyati, umuman, ko'ngilochar tadbirlar to'xtatib qo'yilgan edi. Sekin-asta bu kabi tadbirlar karantin talablariga rioya etgan holda yo'lga qo'yilmoqda. Xususan, teatrlar, kinoteatrlar o'z faoliyatini boshladi. Kontsert dasturlariga keladigan bo'lsak, ular ayni kungacha o'tkazilmay kelinayotgan edi. 

Shu ma'noda Jamol Nosirov "Turli ko'ngilochar tomosha va kontsert dasturlarini nafaqat xalqimiz, balki san'atkorlarning o'zi ham sog'ingan. Lekin bir narsani to'g'ri tushunishimiz kerakki, hali pandemiya tugagani yo'q. 

Biz hozir bu jarayonni qanday tashkil qilish haqida o'ylanyapmiz. Chunki kontsert dasturlariga odamlarning kelishi, chipta xarid qilish uchun navbatda turishi degan jarayonlar bor. Bu borada barcha xulosalarni qilganimizdan keyin eng qulay echimni maxsus komissiyaga taqdim etamiz.

Xudo xohlasa maxsus komissiya ruxsat berishi bilan biz kontsertlar faoliyatini tiklaymiz", – dedi.