Adliya vazirligining xabar berishicha, unga koʻra:
— koʻp kvartirali uylarning yertoʻlalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun toʻlovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;
— koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini ijaraga berishda koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Shuningdek, quyidagi maʼlumotlarning almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi:
“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan umumiy mol-mulk va har bir koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlar;
Soliq qoʻmitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlar.









