Tibbiyot fanlari doktori Esri Tasali boshchiligidagi shifokorlar uyqu davomiyligining quvvat sarfi va tana vazniga ta'sirini o'rganishdi.
Buning uchun tadqiqotga ortiqcha vaznga ega 80 nafar ko'ngilli jalb qilindi. Ular kuniga 6,5 soatdan uxlardi. Ularga 8,5 soat uxlash tavsiya qilindi. Shu tariqa ular bir kunda 8,5 soat uxlashga odatlanishdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, uyqu davomiyligi oshganlar kam uxlaydiganlarga qaraganda 270-500 kaloriyagacha kam ovqat iste'mol qilishi ma'lum bo'ldi.
Shifokorlarning aytishicha, ana shunday kam kaloriya o'zlashtirish hisobiga, hatto, parhezsiz va sport bilan shug'ullanmasdan turib ham uch yilda 12 kilogramm vazn tashlash mumkinligini ta'kidlashmoqda, deb yozadi korrespondent.net.